Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toʻliq boʻlmagan BYuD bilan rasmiylashtirilgan tovar boʻyicha QQS qanday hisobga olinadi Yangi qoidalar boʻyicha olib chiqiladigan tovarlarga BQD qanday toʻldiriladi Alohida holatlarda (quyib sotish, qaytarishni rasmiylashtirish, buzilgan tovarlarni hisobdan chiqarish) markirovkalangan ichimliklar bilan qanday ishlash kerakTovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak Tovarni (shu jumladan – buzilgan) NKM orqali almashtirishni qanday rasmiylashtirish kerak

Tez buziladigan mahsulotlarga sertifikatlar bir kunda rasmiylashtiriladi

03.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Davlat daromadiga oʻtkaziladigan mol-mulkni olib qoʻyish, sotish yoki yoʻq qilib tashlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritildi (27.09.2019 yildagi 819-son VMQga qarang).

 

Eslatib oʻtamiz, olib qoʻyilgan mahsulot majburiy tartibda sertifikatlanishi lozim boʻlsa, muvofiqlik sertifikati esa mavjud boʻlmasa – olib qoʻyishni amalga oshirgan vakolatli organning mansabdor shaхsi sertifikatlashni oʻtkazish va sertifikat olish uchun buyurtma beradi.

 

Kiritilgan tuzatishlar bilan sertifikatni rasmiylashtirish va berish muddatlari belgilandi:

  • tez buziladigan mahsulotlarga nisbatan – zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya хulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab 1 kun;
  • boshqa turdagi mol-mulklarga nisbatan – qonun hujjatlariga muvofiq (transport vositalaridan tashqari) 3 ish kunidan oshmagan muddatda.

 

Davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulklar sotilishini ta’minlashda mahalliy hokimiyat organlari bozor va savdo majmualarida savdo oʻrinlari va yarmarkalar tashkil etish orqali savdo tashkilotlariga koʻmaklashadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.09.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.