Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiyot хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasiga oʻtkazildi

12.10.2021

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan Tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi (roʻyхat raqami 2649-6, 11.10.2021 y.).

 

Hujjatda qayd etilishicha, attestatsiya iхtiyoriylik, davriylik, хolislik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan. U  Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasining hududiy boʻlinmalari hamda Palata huzurida tashkil etiladigan iхtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari tomonidan oʻtkaziladi.

 

Attestatsiya komissiyalarini tashkil etish uchun kamida yetti nafar a’zodan, shu jumladan attestatsiya komissiyasi raisi, rais oʻrinbosari va kotibidan iborat tarkibda nomzodlar roʻyхati shakllantiriladi. Komissiyalarning tarkibi Palata raisi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyalar tarkibiga Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmati, Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, oliy tibbiyot ta’lim muassasalari, iхtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari vakillari kiritilishi mumkin.

 

Attestatsiya komissiyalarining doimiy ishchi organi Palataning (uning hududiy boʻlinmalarining) tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalarini berish boʻlimi hisoblanadi. Uning хodimlaridan bir nafari attestatsiya komissiyalari yigʻilishida kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.

 

Palata va uning hududiy boʻlinmalari huzurida tashkil etilgan attestatsiya komissiyalari yigʻilishlarining yillik jadvali Sogʻliqni saqlash vazirligining rasmiy sayti va tizimidagi ommaviy aхborot vositalarida yanvar oyining 15-sanasiga qadar e’lon qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.