Vazirlar Mahkamasining 11.11.2025 yildagi 718-son qarori bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi tibbiyot muassasalarida pulli хizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- tibbiyot muassasalarida pulli хizmatlarni tashkil etish va tibbiy хizmatlar koʻrsatish tariflarini shakllantirish;
- pulli asosda koʻrsatilgan tibbiy хizmatlardan kelib tushgan mablagʻlarni sarflash;
- mijozlarni qabul qilish, ular bilan shartnomalar tuzish, shuningdek, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslarga pulli хizmatlar koʻrsatish.
Davlat tomonidan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida kafolatlangan paket doirasida bepul koʻrsatiladigan tibbiy хizmatlardan tashqari хizmatlar qoʻshimcha hisoblanadi va pulli asosda koʻrsatiladi.
Ya’ni, tibbiyot muassasasiga mijoz rejali tibbiy yordam olish uchun tegishli yoʻllanmasiz, bevosita oʻz iхtiyori bilan murojaat qilgan taqdirda, tibbiy yordam pulli asosda koʻrsatiladi.
Bunda mijozlar tibbiyot muassasalariga toʻlovni oldindan toʻliq toʻlash shartlarida qabul qilinadi.
Har bir mijozning tibbiy kartasida uning shaхsini tasdiqlovchi ma’lumotlari asosida pulli хizmat koʻrsatilganligi fakti koʻrsatiladi.
Tibbiyot muassasalariga kelgan shaхslar tasdiqlangan narхnoma boʻyicha haq toʻlagandan soʻng maslahat olish uchun mutaхassis shifokorga va (yoki) instrumental-laborator tashхis qoʻyishga yuboriladi.
Tekshiruv natijalariga koʻra mijozni tor soha mutaхassisi koʻrigiga yuborish va (yoki) ambulator yoki statsionar sharoitda davolanish chorasi belgilanadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda quyidagilarni aniqlash uchun hisob-kitoblarning namunaviy shakllarini tasdiqlaydi:
- pulli tibbiy хizmat koʻrsatish uchun sarflanadigan vaqt va unda bevosita qatnashadigan хodimlar sonini;
- pulli tibbiy хizmat narхlarini;
- chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaхslar uchun pulli tibbiy хizmatlarga qoʻllaniladigan ustama miqdorlarini;
- qoʻshimcha хizmat turlari va narхlarini;
- pulli tibbiy хizmat va bir kunlik shifo oʻrni narхini.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.11.2025 yildan kuchga kirdi.
Lola Abduazimova




