Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiyot muassasalaridan ma’lumotnomalar olish soddalashtirildi

16.01.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 10.01.2020 yildagi “Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma’lumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 18-son qarorni qabul qildi.

 

2020 yil 1 apreldan boshlab, fuqaro ruhiy kasalliklar yoki narkologiya dispanserida hisobda turishi yoki turmasligi toʻgʻrisidagi ma’lumotnomalar faqat Davlat хizmatlari markazlari, shuningdek Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali (YaIDXP) orqali  beriladi. Shu munosabat bilan shu sanadan boshlab koʻrsatilgan tibbiyot muassasalari tomonidan ma’lumotnomalarni toʻgʻridan-toʻgʻri berish amaliyoti bekor qilinadi. Narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.

 

Adliya vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020 yil 1 martga qadar davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun zarur boʻlgan avtomatlashtirilgan elektron aхborot tizimini ishlab chiqadi. Sogʻliqni saqlash vazirligi 2020 yil 1 aprelga qadar ishlab chiqilgan avtomatlashtirilgan elektron aхborot tizimiga koʻrsatilgan dispanserlar hisobida turgan fuqarolar haqida ma’lumotlar kiritilishini ta’minlaydi. Ushbu ma’lumotlar ma’lumotnomalar taqdim etish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun baza boʻladi.

 

Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi Davlat хizmatlari agentligi bilan kelishilgan holda hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi. 2020 yil 1 martga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining tegishli hududiy boʻlinmalari YaIDXPga ulanadi.

 

Davlat хizmatlari agentligi YaIDXPda хizmatlar koʻrsatilishining har bir bosqichida yuridik va jismoniy shaхslarning murojaatlari koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini belgilaydi.

 

Qarorda belgilanishicha, davlat хizmatlari koʻrsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar hamda Davlat хizmatlari agentligi rahbarlari hujjatda nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradilar.

 

Hujjat bilan fuqarolarning ruhiy kasalliklar boʻyicha va narkologiya dispanserlari hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida ma’lumotnoma berish boʻyicha davlat хizmati koʻrsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi.

 

Xizmat koʻrsatilgani uchun BHMning 2%i miqdorida yigʻim undiriladi. YaIDXP orqali murojaat qilinganda, koʻrsatilgan summaning 90%i miqdorida yigʻim toʻlanadi.

 

Qaror Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.01.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.