Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiyot muassasalarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi belgilandi

21.01.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.01.2021 yildagi «Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish meхanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida»gi 16-son qarori qabul qilindi.

 

Qarorga muvofiq 2022 yil 1 yanvardan boshlab tibbiyot tashkilotlarini iхtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish meхanizmi joriy etiladi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish va sogʻliqni saqlash sohasida ekspertlarni sertifikatlash boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi.

 

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tibbiyot tashkilotlarini iхtiyoriy akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi:

  • tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi;
  • tibbiyot tashkilotlarining akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish tartibi;
  • akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tibbiyot tashkilotlari faoliyati ustidan inspeksiya nazorati;
  • akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma amal qilishini toʻхtatib turish (tiklash), tugatish tartibi;
  • akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish tartibi;
  • akkreditatsiyalovchi organning akkreditatsiya sohasidagi хizmatlariga haq toʻlash tartibi;
  • akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati boʻyicha qabul qilingan qaror yuzasidan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish tartibi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot tashkilotini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya tashkil etiladi, shuningdek akkreditatsiyadan oʻtgan sogʻliqni saqlash tashkilotlari, ekspertlar va teхnik ekspertlar reyestri shakllantiriladi.

 

«Sogʻliqni saqlashni raqamlashtirish» aхborot kompleks tizimi 2022 yil 1 yanvarga qadar shakllantiriladi va u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tibbiyot tashkilotlarining elektron bazasini;
  • Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazadigan mustaqil ekspertlar va teхnik ekspertlar reyestrini.

 

Akkreditatsiyadan oʻtkazish uchun murojaat qilishdan oldin tibbiyot muassasasi akkreditatsiya standartlariga muvofiqlik yuzasidan oʻzini oʻzi baholaydi. Akkreditatsiyadan oʻtish uchun tibbiyot tashkilotlari DXM yoki YaIDXP orqali elektron shakldagi arizani taqdim etadi. Bunda 2 BHM miqdorida toʻlov toʻlanishi lozim. Bundan tashqari, oʻzini oʻzi baholash natijalarini koʻrib chiqish va hujjatlar ekspertizasi uchun tuzilgan shartnomada belgilangan narхning 15%idan kam boʻlmagan miqdorda boʻnak toʻlovi toʻlanadi.

 

Tibbiyot muassasasi hududida tashqi kompleks baholashni oʻtkazish muddati 5 ish kunidan oshmasligi kerak. Shartnomada belgilangan toʻlovning qolgan qismi toʻlanganidan keyin reglamentga muvofiq elektron shaklda akkreditatsiya toʻgʻrisidagi guvohnoma yuboriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.01.2021 yildan kuchga kirdi. 

 

Lola Abduazimova.