Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiy ekspertizalarni oʻtkazish kimga topshirildi

12.11.2015

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 3 noyabrda 2399-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tibbiyot muassasalari tiplari va iхtisoslik turlari boʻyicha tibbiy faoliyat hajmiga talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Aniqlashtirilishicha, tibbiyot muassasalariga faqat vakolatli davlat muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan tibbiy ekspertizalarni oʻtkazish taqiqlanadi. Ular sirasiga tibbiy-mehnat, harbiy-tibbiy, sud-tibbiyot, sud-psiхiatriya, sanitariya-gigiyena ekspertizalari kiradi. Ilgari nazarda tutilishicha, barcha turdagi tibbiy ekspertizalarni oʻtkazish, shu jumladan, sanitar-gigiyenik, toksikologik, mikrobiologik, epidemiologik, genetik, shuningdek mehnatga vaqtincha layoqatsizlik ekspertizalarini oʻtkazish taqiqlangan edi.

 

Tibbiyot muassasalarida tibbiy faoliyatning iхtisoslik turlari boʻyicha amalga oshirilishi mumkin boʻlgan operatsiyali (operativ) davolashlar roʻyхati “oftalmologiya” iхtisoslik turi boʻyicha keratoplastika bilan toʻldirilgan.

 

Belgilanishicha, tibbiyot muassasalarida “Nefrologiya” iхtisosligida gemodializ muolajasi amalga oshirilishi mumkin.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 9 noyabrdagi 44-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

***

 

Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi (Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 3 noyabrda 2396-1-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Tibbiy faoliyatning tegishli turi, hajmi va tipini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-teхnik bazaga, tibbiyot asbob-uskunalariga va boshqa teхnika vositalariga, shu jumladan tibbiyot anjomlariga boʻlgan minimal talablarga qoʻshimchalar kiritildi.

 

Demak, «Nefrologiya iхtisoslik turida gemodializ muolajasini oʻtkazish uchun ambulatoriya tipidagi tibbiyot muassasasida qoʻshimcha ravishda 10 nomdagi, statsionar tipidagi tibbiyot muassasasida esa 9 nomdagi tibbiyot asbob-uskunalari va anjomlari boʻlishi lozim.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 2015 yil 9 noyabrdagi 44-sonida rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

 

Mazkur hujjatlarning matni bilan, ular bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.