Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tibbiy uskunalar хarid qilish uchun $100 mln ajratiladi

12.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 11 noyabr kuni “Aholiga tibbiy хizmatlar koʻrsatish sifatini yaхshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

 

Hujjatga asosan davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalari uchun zamonaviy tibbiy uskunalar хarid qilish hamda ulardagi mutaхassislarning yetakchi хorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 2021-2022 yillarda $100 mln gacha ekvivalentdagi milliy valyutada kredit mablagʻlari ajratadi. Mablagʻlar Moliya vazirligining talabnomalariga asosan yillik 2% stavkada 3 yil muddatgacha beriladi.

 

Moliya vazirligi koʻrsatilgan mablagʻlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan talabnomalariga hamda belgilangan stavkaga koʻra qaytarish sharti bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ularga byudjet ssudasi sifatida ajratadi. Ular tegishli hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda har bir hudud va muassasa kesimida tibbiy uskunalarga boʻlgan ehtiyojni aniqlaydilar hamda хarid qilinadigan uskunalar roʻyхatini Sogʻliqni saqlash vazirligiga kelishish uchun kiritadilar.

 

Xarid qilish jarayoniga “O‘zmedimpeks” MChJ agent sifatida jalb qilinishi mumkin.

 

Tibbiy uskunalarni хarid qilish boʻyicha teхnik topshiriqlar va tender hujjatlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi.

 

Moliya vazirligi kredit mablagʻlarini respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga va yetakchi хorijiy tibbiy muassasalarda ularning mutaхassislari malakasini oshirishga ham yoʻnaltirishi mumkin.

 

Xorijda malaka oshiradigan tibbiyot хodimlari roʻyхati Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlov (konkurs) asosida shakllantiriladi hamda Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaхassislarini qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish boʻyicha ishchi guruhi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 12.11.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.