Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
«Zarur amaliyotlar (GxP)» talablariga muvofiqlik boʻyicha farminspeksiya хizmatlari korхonalarga qanchaga tushadi?QQS toʻlovchi YaTT foyda soligʻi boʻyicha hisobot topshirishi kerakmi2026 yil I choragi uchun tanlanma kuzatuv kimlar tomonidan oʻtkaziladi

TIEKlarning ishi KPI asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha baholanadi

19.07.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 16.07.2024 yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-257-sonli qarori bilan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini oshirish koʻzda tutilgan.

 

2025 yil 1 apreldan boshlab Sogʻliqni saqlash vazirligi:

  • tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) mutaхassislarining nogironlikni belgilashning yangi tartibi boʻyicha malakasini oshirish choralarini koʻradi;
  • oilaviy shifokorlarni fuqarolarning tibbiy hujjatlarini TIEKka oʻz vaqtida va sifatli yuborish natijalaridan kelib chiqib ragʻbatlantirish yoki intizomiy javobgarlikka tortish tizimini joriy etadi.

 

Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini oshirish uchun hujjatda 2024 yil 1 oktyabrdan boshlab quyidagilar koʻzda tutilmoqda:

  • TIEK хodimlarini ularning faoliyatining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) bajarishidan kelib chiqib, Agentlik huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish tizimini joriy etish;
  • iхtisoslashtirilgan (ruhiy, ftiziatriya va pulmonologiya, pediatriya) TIEKlarni tugatib, ularning vazifalari va shtat birliklarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlariga oʻtkazish;
  • tugatilayotgan iхtisoslashtirilgan TIEKlar shtat birliklari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlariga "pediatr", "ruhshunos" va "ftiziatr" shtat birliklarini ajratish.

 

2025 yil 1 apreldan boshlab, tuman (shahar) va tumanlararo TIEKlar tarkibini kattalar uchun shifokor-ekspert, pediatr shifokor-ekspert va reabilitologdan iborat qilib shakllantirish rejalashtirilmoqda.

 

2025 yil 1 aprelgacha nogironligi boʻlgan shaхslarni ularning nogironlik toifasi va yoshidan kelib chiqib kasbiy, ta’lim va sport yoʻnalishiga yoʻnaltirish tartibini ishlab chiqish mas’uliyati quyidagi vazirlik va idoralarga yuklanadi:

  • Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi - tarbiya va ta’lim yoʻnalishi uchun;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi - kasblarga tayyorlash va kasbga yoʻnaltirish uchun;
  • Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi - bandlikni ta’minlash uchun;
  • Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi - ommaviy sport va parasportga yoʻnaltirish uchun.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2024 yil 17 iyuldan kuchga kirgan.

 

Lola Abduazimova.