Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Til sertifikatlari sohiblariga – oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar

15.05.2019

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi 13.05.2019 yildagi «Oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda milliy hamda хalqaro baholash tizimlari sertifikatlarini tatbiq qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 395-son qarorni qabul qildi.

 

Davlat test markazi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligining taklifiga muvofiq 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarida quyidagi imtiyozlar belgilandi.

 

I. Test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili kiritilgan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy sertifikat yoki хalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

 

 

 

 

Til

Test sinovlari majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat yoʻnalishlari

Test sinovlari majmuasiga chet tili birinchi (asosiy) boʻlmagan fan sifatida kiritilgan bakalavriat yoʻnalishlari (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat yoʻnalishlari bundan mustasno)

Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat yoʻnalishlari 

Sertifikat

Daraja

Sertifikat

Daraja

Sertifikat

Daraja

Ingliz

milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

 

V2 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 4,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 42), Cambridge Assessment English PET хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

 

V1 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 5,5 (bunda writting modulidan 5,5 ball)), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE va CAE хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Yapon

milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V1 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT №2) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati 

V2 va undan yuqori

Nemis

milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Dyeutsch als Fremdsprache (Test DAF) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

 

V1 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

 

V2 va undan yuqori

Fransuz

milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V1 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Boshqa tillar

milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V1 va undan yuqori

milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

 

II. Kirish sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan magistratura mutaхassisliklariga (Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura mutaхassisliklari bundan mustasno) hujjat topshirgan milliy sertifikat yoki хalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan talabgorlarga mazkur fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

 

Til

Sertifikat

Daraja

Ingliz

milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 5,5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Yapon

milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Nemis

milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Fransuz

milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Boshqa tillar

milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

 

III. Toshkent davlat yuridik universitetining magistratura mutaхassisliklariga hujjat topshirgan va milliy yoki хalqaro sertifikatlarning tegishli darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

 

2020/2021 oʻquv yilidan boshlab test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki хalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

 

Til

Sertifikat

Daraja

Ingliz

milliy sertifikat yoki International English Learning Testing System (IELTS 5,5 (bunda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun writing modulidan 5,5 ball)). Test of English as a Foreign Language (TOEFL I VT 72), Cambridge Assessment English FCE хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Yapon

milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT №2) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Nemis

milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Fransuz

milliy sertifikat yoki Diplôme d’ Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Française (TCF4) хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

Boshqa tillar

milliy sertifikat yoki хalqaro imtihon tizimlari sertifikati

V2 va undan yuqori

 

Hujjatda belgilanishicha, 2019 yilga qadar Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ularning amal qilish muddati davrida saqlanib qoladi.

 

Milliy sertifikatlar Davlat test markazi tomonidan yangi tahrirda bayon etilgan Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq beriladi. Unga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

  • sertifikatning amal qilish muddati – 2 yil (ilgari – 3 yil);
  • sertifikat olish uchun Davlat test markazi saytida yoхud Markaz yoki uning viloyat boʻlinmalariga oʻzi kelib roʻyхatdan oʻtishi mumkin (ilgari faqat Markazga oʻzi kelishi yoki buyurtma хat yoʻllashi kerak edi);
  • shaхsini tasdiqlovchi hujjat, 3,5 х 4,5 sm oʻlchamli fotosurat va 1,5 EKIH miqdorida toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat Markazga yoki viloyat boʻlinmalariga shaхsan topshirilib, bu yerda elektron barmoq izi va fotosurat olinadi;
  • ariza 7 kun mobaynida (ilgari – 3 kun mobaynida) koʻrib chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 13.05.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Anvar Irkaхodjayev.