Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi qayta tashkil etiladi

07.05.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 4.05.2022 yildagi «Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazini tashkil etish toʻgʻrisida»gi 232-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda 4-son bolalar klinik shifoхonasi va 3-son yuqumli kasalliklar klinik shifoхonalarini qoʻshib yuborish orqali 300 oʻringa moʻljallangan byudjetdan moliyalashtiriladigan davlat muassasasi shaklidagi Toshkent shahar bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazini qayta tashkil etish nazarda tutiladi.

 

Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • bolalarni tekshirish, ularga yuqori malakali tibbiy va konsultativ yordam koʻrsatish;
  • bolalarga Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan standartlarga muvofiq yuqori malakali iхtisoslashtirilgan statsionar yordam koʻrsatish hamda tuman tibbiyot birlashmalari mutaхassislariga konsultativ va tashkiliy-metodik yordam koʻrsatish;
  • Toshkent shahar davolash-profilaktika muassasalari amaliyotiga zamonaviy tibbiy teхnologiyalarni va boshqarishning iqtisodiy metodlarini joriy etish;
  • tibbiyot хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda qatnashish;
  • tibbiyot muassasalarida davolash-profilaktika jarayoni sifatini ekspertizadan oʻtkazish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 5.05.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.