Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari oʻzgartirilmadi

18.02.2021

Rus tilida oʻqish

Toshkent shahar hokimining 11.02.2021 yildagi «2021 yil uchun Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari toʻgʻrisida»gi 146-son qarori qabul qilindi. Stavkalar oʻzgartirishlarsiz 2020 yilda belgilangan darajada qoldirildi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021 yil uchun Toshkent shahridagi davlat koʻchmas mulkidan foydalanganlik uchun qoʻllaniladigan 1 kv.m uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalari (1);
  • Ijara toʻlovini (ijara toʻlovining bazaviy stavkasini) hisoblash tartibi hamda qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar (2);
  • Toshkent shahridagi markaziy magistral koʻchalar roʻyхati (3).

 

Ijaraga beriladigan maydonlardan foydalanish maqsadlariga oʻzgartirishlar kiritildi, endi metallolom va ikkilamchi qogʻoz mahsulotlarini qabul qilish uchun binoni ijaraga olish mumkin. Shuningdek ijaraga beriladigan maydonlardan foydalanish maqsadlariga notarial хizmatlar ham kiritilgan (103-b.).

 

Qarorga muvofiq ijara toʻlovi stavkalariga qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar (2) Toshkent shahar hokimining 24.02.2015 yildagi 162-son qarorida belgilangan chegaralarga asosan aniqlanadi:

 

Zonalar

Qoʻllaniladigan koeffitsiyentlar

1-zona

4,73

2-zona

3,81

3-zona

2,89

4-zona

1,97

5-zona

1,15

 

Toshkent shahridagi markaziy magistral koʻchalar roʻyхati (3) toʻldirildi, endi undagi koʻchalar soni 96 taga yetdi.

 

Toshkent shahar hokimining 31.01.2020 yildagi 100-son qarori oʻz kuchini yoʻqotdi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va rasmiy e’lon qilingandan keyin kuchga kirdi.



Nargiza Vohidova.