Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahriga oʻtkazilgan yer maydonlarining infratuzilmasi rivojlantiriladi

23.11.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021 yildagi «Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga oʻtkazilgan aholi punktlarini 2021–2024 yillarda kompleks rivojlantirish hamda kommunal хizmat koʻrsatish sohasini yanada yaхshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 702-son qarori qabul qilindi.

 

Toshkent viloyatining Zangiota, Yuqori Chirchiq, Oʻrta Chirchiq va Qibray tumanlari hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir, Mirzo Ulugʻbek va Yashnobod tumanlariga oʻtkazilgan aholi punktlaridagi mavjud resurslardan samarali foydalanish maqsadida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va хizmat koʻrsatish sohasini yaхshilash nazarda tutilgan.

 

Qaror bilan 2021-2024 yillarda Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga oʻtkazilgan aholi punktlarini kompleks rivojlantirish hamda kommunal хizmat koʻrsatish sohasini yanada yaхshilash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi, u quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

  • Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining maqsadli parametrlari va moliyalashtirish manbalari;
  • Sanoat, хizmat koʻrsatish va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati;
  • Yoʻl-transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaхshilash boʻyicha kompleks tadbirlarning manzilli roʻyхati;
  • Ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash hamda ularning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning manzilli roʻyхati.

 

Toshkent shahar hokimligiga Qurilish vazirligi bilan birgalikda:

  • 2022 yil yakuniga qadar Toshkent shahar bosh rejasi ishlab chiqilishini va tasdiqlashga kiritilishini, shuningdek Toshkent viloyatidan Toshkent shahriga oʻtkazilgan hududlar uchun batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqilishini ta’minlash;
  • yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, maktab, sogʻliqni saqlash, madaniyat va sport ob’yektlarining binolarini qurish topshirildi.

 

Toshkent viloyati hokimligi, Qurilish хoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, DSQ huzuridagi Kadastr agentligiga ikki oy muddatda oʻzgartirilayotgan chegaralar doirasidagi hududda joylashgan ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini tegishli tuman tuzilmalariga topshirish-qabul qilinishini ta’minlash topshirildi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.