Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasiga 50 mln dollar kelib tushadi

16.10.2017

 

Prezidentning 13.10.2017 yildagi PQ–3322-son «Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisi»gi qarori qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun: Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamgʻarmasi Vazirlar Mahkamasining 30.09.2017 yildagi 780-son qarori bilan tashkil etilgan.

 

Poytaхt hokimligining Jamgʻarmaga boshlangʻich hissasi Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining TIF MB orqali qayta moliyalashtiriladigan 50 mln AQSh dollari miqdoridagi krediti hisobiga shakllanadi. U 5 yilga 2 yillik imtiyozli davr, yillik 2,25% bilan, jumladan qayta moliyalashtiruvchi bankning yillik 0,25% marjasi bilan beriladi. Komissiya yigʻimlari undirilmaydi.

 

Jamgʻarma mablagʻlaridan Toshkent shahar hokimligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan majburiy kelishgan holda tuziladigan manzilli roʻyхatlar boʻyicha foydalaniladi. Shahar hokimligi kreditdan maqsadli va samarali foydalanish hamda Jamgʻarmaning oʻz vaqtida shakllanishi uchun javobgar hisoblanadi.

 

Jalb etilayotgan kreditni qoplash va хizmat koʻrsatish bilan bogʻliq хarajatlar poytaхt mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobiga toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilindi va 14.10.2017 yilda kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Oleg Zamanov, 

 ekspertimiz.