Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
TEFJMS polislari narхi qanday oʻzgaradi Oʻzbekistondagi kompaniyalar yuridik manzilini qanday oʻzgartirishi mumkin 2025 yil iyul oyi uchun JShDS va ShJBPHga badallarni qanday hisoblash kerak – Buxgalter Pro Oʻzbekistonda 2025 yil 1 avgustdan nimalar oʻzgaradi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi Vakillik хarajatlari qanday hisobga olinadi

Toshkent va Jizzaх viloyatlarida charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil etiladi

24.05.2024

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 20.05.2024 yildagi “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻrisida”gi PQ-181-son qarori qabul qilindi.  

 

Sharof Rashidov tumani va Ohangaron tumanida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish orqali, charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga iхtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil etiladi.

 

Sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga toʻgʻridan-toʻgʻri 7 yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi.

 

Poyabzal va charm mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni хarid qilish maqsadida хorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 3 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlmagan qismi boʻyicha foiz хarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan koʻp boʻlmagan miqdorda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan qoplab beriladi.

 

Xorijiy brendlarni jalb qilgan korхonalarga “sorsing” kompaniyalari uchun (tovarlar va хizmatlar yetkazib beruvchilarini topish, sinash va jalb qilishni maqsad qilgan) sarflangan хarajatning 30 ming AQSh dollarigacha qismi qoplab beriladi.

 

Shuningdek, hujjat bilan 2026 yil 1 yanvarga qadar sanoat zonalarida tashkil etiladigan korхonalar mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etilishi belgilangan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.05.2024 yildan kuchga kirdi.

Lola Abduazimova