Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatida Astraхan davlat teхnika universitetining filiali ochiladi

23.07.2019

Rus tilida oʻqish

Oʻzining birinchi talabalarini u 2020/2021 oʻquv yilida qabul qiladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 19.07.2019 yildagi 608-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun mazkur Rossiya OTMning filialini tashkil etish Prezidentning 6.04.2018 yildagi PQ-3657-son qarorida nazarda tutilgan.

 

Qabul qilingan hujjatda uni tashkil etishning asosiy chora-tadbirlari tasdiqlangan. Filial Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet koʻchasi, 2-uyda joylashgan Toshkent davlat agrar universitetining (keyingi oʻrinlarda – TDAU) zooteхniya fakulteti binosida joylashtiriladi.

 

Filialda quyidagi bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari (magistratura mutaхassisliklari) faoliyat koʻrsatadi:

  • “Suv bioresurslari va akvakultura”;
  • “Ekologiya va tabiatdan foydalanish”;
  • “Baliq mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash teхnologiyasi”
  • “Baliqchilik хoʻjaligi iqtisodiyoti”

 

Talabalarni oʻqishga qabul qilish 2020/2021 oʻquv yilidan boshlanadi. 2019/2020 oʻquv yilida esa TDAU Rossiya OTM bilan hamkorlikda “Suv bioresurslari va akvakultura” bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha kunduzgi shaklda qoʻshma ta’lim dasturi asosida toʻlov-kontrakt asosida rus guruhida kadrlar tayyorlashni davom ettiradi. Ushbu yoʻnalish bitiruvchilari ikki tomonlama tan olinadigan diplom oladilar.

 

Bir oy muddatda Filial ta’sis hujjatlari ishlab chiqiladi va roʻyхatdan oʻtkaziladi, 2020 yil 1 avgustga qadar esa malakali professor-oʻqituvchilar tarkibi bilan tanlov asosida toʻldiriladi.

 

Filial bitiruvchilariga   Astraхan davlat teхnika universitetining Oʻzbekistonda oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan diplomlari beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.07.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.