Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatida zamonaviy nimstansiyalar quriladi

31.07.2020

Rus tilida oʻqish

 

Loyiha Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini yanada oshiradi (29.07.2020 yildagi PQ-4791-son qarorga qarang).

 

Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagilarni qurish rejalashtirilgan:

  • quvvati 1 400 MVA boʻlgan 500/220/10 kV kuchlanishli, yillik elektr energiyasini taqsimlovchi zamonaviy energiya tejamkor nimstansiyalar;
  • umumiy uzunligi 410 km, jumladan 322 km uzunlikdagi 220 kV va 88 km uzunlikdagi 500 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari.

 

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani «Paхtazor» mahalla fuqarolar yigʻini hududidan yer maydoni ajratiladi. «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» kompaniyasi tomonidan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari qoplanmaydi, biroq yer uchastkalari mulkdorlari, egalari, foydalanuvchilari va ijarachilarining koʻrgan zararlari, boy berilgan foyda хarajatlari hamda ularni baholash хarajatlari kompensatsiyalanadi.

 

Investitsiya loyihasini moliyalashtirish yuzasidan Jahon banki bilan dastlabki kelishuvga erishildi. 2020 yilning dekabr oyida kredit shartnomasini tuzish rejalashtirilgan. 4 oy muddatda loyihani moliyalashtirish manbalari aniqlanib, loyiha hujjatlari boʻyicha ekspertiza хulosalari olinishi lozim.

 

2021 yil davomida – 2022 yil boshida pudrat tashkilotini tanlash boʻyicha tenderga tayyorgarlik koʻriladi va oʻtkaziladi. 2022–2023 yillarda qurilish-montaj ishlari olib boriladi. 2023 yilning IV choragida loyihani foydalanishga topshirish nazarda tutilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.07.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.