Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent viloyatini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi

04.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1.06.2021 yildagi «Mahallabay» ishlash tizimi orqali 2021–2022 yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 337-son qaror qabul qilindi.

 

Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi:

  • mahallabay ishlash asosida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka va oʻzini oʻzi band qilib ishlash faoliyatiga jalb qilish;
  • mahallalarning «oʻsish nuqtalari»ni (iхtisoslashuv yoʻnalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlikni, shu jumladan «drayver» loyihalarni amalga oshirishda har bir mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy oʻsishini ta’minlash;
  • mahalla pasportidagi mezonlar asosida «qizil», «sariq» va «yashil» hududlarga ajratgan holda barcha mahallalarni «yashil» hududga oʻtkazish choralarini koʻrish;
  • «Temir daftar»ga kiritilgan 11,6 mingta oilaning 4,3 ming a’zosini, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 37,7 ming nafar хotin-qizlarning muammolarini oʻrganish va ularga aniq yoʻnalishlar boʻyicha manzilli koʻmaklashish, maqsadli  kasb-hunarga oʻqitish, ish bilan ta’minlash, moddiy yordam berish.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

1. 2021–2022 yillarda Toshkent viloyati tumanlari va shaharlarining «oʻsish nuqtalari» (iхtisoslashuv yoʻnalishlari);

2. 2021–2022 yillarda Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi;

3. 2021 yilda Toshkent viloyatida yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligiga koʻmaklashish prognoz koʻrsatkichlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.