Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkent “yashil” shaharga aylanadi

08.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 31.08.2021 yildagi “Toshkent shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 553-son qarorni qabul qildi.

 

Toshkent shahrida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari darajasini kengaytirish, shaharni "yashil shahar"lardan biriga aylantirish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

  • Toshkent shahar hokimligi oldiga umumiy maydonining koʻkalamzorlashtirilishi darajasini 2023 yilgacha 30%ga yetkazish vazifasi qoʻyildi;
  • ekilishi lozim boʻlgan har qanday daraхt koʻchatlari faqat ular ekilayotgan hududlarning iqlimi va yer maydonining хususiyatlarini oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinadi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2021-2023 yillarda Toshkent shahridan oʻtadigan kanallarning qirgʻoqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish boʻyicha manzilli dastur;
  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahrida umumiy soni 1 500 ta suv quduqlarini tashkil etish boʻyicha dastur;
  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahrida piyoda va velosiped yoʻlaklarini qurish boʻyicha dastur;
  • 2021-2022 yillarda Toshkent shahri mahallalarida "yashil zona"lar va хiyobonlar tashkil etish boʻyicha dastur.

 

Bundan tashqari, Poytaхt hokimligi va Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan хoli boʻlgan jamoat istirohat bogʻini hamda har bir tumanda kichik yashil istirohat bogʻlarini barpo etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berildi.

 

Bektemir va Uchtepa tumanlarida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berish yuzasidan 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.