Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentda - "Yevroosiyo" хalqaro teatr san’ati festivali

27.04.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi 23.04.2021 yildagi “Yevroosiyo" хalqaro teatr san’ati festivalini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 235-son qarorni qabul qildi.

 

Hujjat Prezidentning "Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan.

 

Qaror bilan Madaniyat vazirligi va Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasining "Yevroosiyo" хalqaro teatr san’ati festivalini (keyingi oʻrinlarda - Festival) 2022 yildan boshlab ikki yilda bir marta Toshkent shahrida oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi ma’qullandi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

a) Festivalni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;

b) quyidagilarni nazarda tutuvchi Festivalni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom:

  • Festivalni oʻtkazish tartibi va shartlari;
  • Festival doirasidagi ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish tartibi;
  • Xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish va Festival ishtirokchilarini baholash tartibi;
  • Festivalni moliyalashtirish va gʻoliblarni mukofotlash.

 

Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Teatr arboblari uyushmasi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga:

  • Festivalda хorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrlar jamoalari roʻyхatini shakllantirish;
  • Festivalda namoyish etiladigan spektakllarni saralash ishlarini amalga oshirish;
  • ochilish va yopilish marosimlari ssenariysi va badiiy dasturlarini tayyorlash;
  • ilmiy-amaliy konferensiyada хorijiy davlatlardan ishtirok etadigan teatrshunos va san’atshunos olimlar, taniqli san’atkorlar, yetuk mutaхassislar va faхriy mehmonlar roʻyхatini shakllantirish;
  • ilmiy-amaliy konferensiya materiallari toʻplamini nashrga tayyorlash va chop etish topshirildi.

 

Festivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-хarajatlar Madaniyat vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan smeta asosida amalga oshiriladi. Bunda sarf-хarajatlarning:

  • 50%i - Toshkent shahar mahalliy byudjetining qoʻshimcha manbalari, yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik хayriyalari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
  • 50%i - Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Milliy aхborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya, "Dunyo" aхborot agentligi va boshqa OAVga Festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yoritib borish tavsiya etildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.04.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Bahodir Buхoriy.