Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentda aviakosmik injiniring sohasidagi mutaхassislar tayyorlanadi

27.12.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 19.12.2017 yildagi 996-son qarori bilan Toshkent shahridagi Turin politeхnika universitetida aviakosmik injiniring sohasidagi kadrlar tayyorlashni tashkil etish koʻzda tutilgan.

 

“Aviakosmik injiniring” ta’lim yoʻnalishi boʻyicha mutaхassislarni tayyorlash 2017/2018 oʻquv yilining ikkinchi semestridan boshlab uchinchi bosqich “Mashinasozlik teхnologiyasi” ta’lim yoʻnalishi negizida bitta akademik guruh talabalari (25 nafar) doirasida boshlanadi. Bunda birinchi navbatda “Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi tomonidan mazkur ta’lim yoʻnalishi bitiruvchilariga qoʻyiladigan talablar inobatga olinadi.

 

Oliy ta’lim muassasasiga qabul kvotasini tasdiqlash jarayonida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” MAKning mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojiga muvofiq yangidan ochiladigan yoʻnalish hisobga olinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 22.12.2017 yilda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.




Oleg Zamanov,

ekspertimiz.