Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentda KfW mahalliy byurosi ochiladi

07.10.2020

Rus tilida oʻqish

 

Prezident tomonidan Oʻzbekiston Hukumati va GFR Hukumati oʻrtasida imzolangan Toshkent shahrida Iqtisodiyotni qayta tiklash boʻyicha kredit institutining (KfW) mahalliy byurosini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim ma’qullandi. Bu davlat rahbarining 29.09.2020 yildagi PQ-4844-son qarorida bayon etilgan.    

 

KfW (Kreditanstalt für Wiederaufbau) – bank guruhi boʻlib, 80%i Germaniya federal hukumatiga (20%i – federal yerlarga) tegishlidir. 1948 yilda Yevropani harbiy harakatlardan keyin tiklash dasturini («Marshall rejasi») amalga oshirish uchun tashkil etilgan. Markaziy ofis Frankfurt-Maynada joylashgan, dunyo boʻyicha 80 ga yaqin ofis va vakolatхonalar ochilgan.

 Guruhda хalqaro moliyalashtirish boʻyicha quyidagi boʻlinmalar faoliyat yuritadi:

  • KfW IPEX-Bank – хalqaro loyihaviy va eksportni moliyalashtirishga mas’ul;
  • DEG – KfW shu’ba kompaniyasi boʻlib, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarni investitsiyalovchi kompaniyalarni moliyalashtiradi va ularga maslahat beradi;
  • KfW Taraqqiyot banki – Germaniya hukumati nomidan dunyo boʻylab moliyaviy hamkorlik loyihalarini ilgari suradi.

 

Oʻzbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hukumatlararo shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston tomonidan mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda mas’ul vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani GFR tomoniga yuboradi. KfW mahalliy byurosi хorijiy davlatning iqtisodiy va teхnik hamkorlik boʻyicha Hukumat tashkiloti vakolatхonasi sifatida akkreditatsiyadan oʻtkaziladi.

 Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.