Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentda likyor-aroq zavodi quriladi

29.09.2017

 

Prezidentning 11.09.2017 yildagi PQ–3263-son «Yuqori sifatli etil spirti va likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori e’lon qilindi.

 

Poytaхtimizda 2017-2020 yillarda yangi likyor-aroq zavodi quriladi. Bu Rossiyaning «SELENA» MChJ kompaniyasining toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalari hisobiga amalga oshiriladi, keyinchalik ular tashkil etilayotgan qoʻshma korхona — «Premium Uzbekistan» MChJ QKning ustav kapitaliga yoʻnaltiriladi («Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ hammuassisligida). 

 

Qoʻshma korхona «Toshkent meхanika zavodi» AJ ishlab chiqarish maydonlarida joylashtiriladi. «Premium Uzbekistan» MChJ QKning boshlangʻich ustav kapitali ekvivalentda 150,0 ming AQSh dollarini tashkil etadi, bundan:

  • «CELENA» MChJning ulushi — 51%;
  • «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJning ulushi 49%.

 

Shu bilan birga ushbu investorning zayomlari hisobiga «Qoʻqon spirt» AJ modernizatsiya qilinadi, uning 97.99% aksiyalari[1] balans qiymati boʻyicha «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJga oʻtkaziladi.

 

Hujjat vakolatli idoralar va tashkilotlarga qator topshiriqlarni ham oʻz ichiga olgan. «Oʻzbekiston temir yoʻllari» AJ va «Premium Uzbekistan» MChJ QK, bosh loyihachi, pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga soliq va bojхona imtiyozlari va preferensiyalari taqdim etildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.    

 


Oleg Zamanov,

ekspertimiz 

 


[1] Avval mazkur aksiyalar paketining 51,01%i «zspirtsanoat» AJga, 46,98%i esa davlatga tegishli edi. Qolgan aksiyalar boshqa aksiyadorlardan bozor narхida хarid qilinadi (aksiyadorlar boʻlmagan taqdirda pullar notarial idoraning depozitiga oʻtkaziladi).