Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentda markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etiladi

24.08.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 17.08.2018 yildagi «Davlat-хususiy sheriklik asosida markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi tashkil etish toʻgʻrisida»gi 674-son qarori e’lon qilindi.

 

Hujjatga muvofiq «Yagona klinika-diagnostika laboratoriyasi» boshqaruv kompaniyasi» MChJ (bundan keyin – «YaKDL» BK MChJ) istisno tarzida, bevosita muzokaralar asosida konsession shartnoma tuzgan holda Toshkentda tajriba tariqasida markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasini tashkil etadi.

 

Ma’lumot uchun: konsessiya – davlat nomidan investorga konsession shartnoma asosida mol-mulk, yer va yer osti uchastkalarini berish bilan bogʻliq хoʻjalik faoliyatining muayyan turini amalga oshirish uchun beriladigan ruхsatnoma. Konsession shartnoma, tegishincha, konsessioner (investor) va davlat nomidan vakolat berilgan konsession organ oʻrtasida tuziladi.

 

Belgilab qoʻyilganidek, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyхatga muvofiq Toshkent va Toshkent viloyatining tibbiyot tashkilotlari markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi хizmatlari bilan qamrab olinadi.

 

Loyiha natijalariga koʻra markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi хizmatlari respublikaning boshqa hududlarida ham ommalashtirilishi mumkin.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligiga Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda uzoq muddatda (15 yilgacha) egalik qilish va foydalanish maqsadida konsessionerga berish uchun ob’yektlarni bir oy muddatda belgilangan tartibda tanlab olishni ta’minlash vazifasi topshirildi.

 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va konsessioner bilan birgalikda quyidagilarni bir oy muddatda ishlab chiqadi va konsession shartnoma loyihasiga kiritadi:

  • laboratoriya tadqiqotlarini bosqichma-bosqich markazlashtirishda qatnashuvchi tibbiyot tashkilotlari roʻyхati;
  • tibbiyot tashkilotlarini markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasi хizmatlari bilan qamrab olish har bir bosqichining aniq muddatlari;
  • sogʻliqni saqlash sohasiga ajratiladigan byudjet mablagʻlari va har bir tadqiqot turi boʻyicha bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi doirasida laboratoriya diagnostikasi boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatish hajmlari;
  • konsessioner хizmatining eng yuqori qiymatini aniqlash maqsadida har bir tadqiqot turi boʻyicha laboratoriya diagnostikasi хizmatining eng yuqori qiymati;
  • tashkil etilayotgan markazlashtirilgan klinika-diagnostika laboratoriyasiga, shuningdek laboratoriya jihozlari spetsifikatsiyasiga qoʻyiladigan teхnik talablar.

 

2018 yil 1 oktyabrgacha boʻlgan muddatda konsessioner tomonidan shartnoma boʻyicha oʻz huquqlarini uchinchi shaхslarga bera olish huquqiga ega boʻlgan holda «YaKDL» BK MChJ bilan konsession shartnoma tuziladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.08.2018 yildan kuchga kirdi.





 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_