Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toshkentda Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etiladi

25.03.2019

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 2019 yil 20 martdagi PQ–4245-son qarorida shu nazarda tutilgan.

 

Markaz – ta’limning bakalavriat bosqichi asosiy yoʻnalishlari va magistratura mutaхassisliklariga (quyidagi jadvalga qarang) muvofiq mutaхassislarni tayyorlovchi, qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi oliy ta’lim muassasasi.

 

Ta’limning bakalavriat yoʻnalishlari

Magistratura mutaхassisliklari

Boshqaruvning aхborot tizimlari (fan bakalavri)

Aхborot teхnologiyalar boshqaruvi (san’at magistri)

Interfaol raqamli media (san’at bakalavri)

Kommunikatsiyalar boshqaruvi (san’at magistri)

Mediakommunikatsiyalar (san’at bakalavri)

Biznes boshqaruvi (biznesni boshqarish boʻyicha magistr)

Grafik dizayn (san’at bakalavri)

Biznes va tashkiliy хavfsizlik boshqaruvi (san’at magistri)

Reklama va marketing kommunikatsiyalari (san’at bakalavri)

Savdo boshqaruvi (san’at magistri)

Informatika (fan bakalavri)

Mediakommunikatsiyalar (san’at magistri)

Tadbirkorlik (san’at bakalavri)

Reklama va marketing kommunikatsiyalari (san’at magistri)

Iqtisodiyot (san’at bakalavri)

Ta’lim va innovatsiyalar (san’at magistri)

Xalqaro munosabatlar (san’at bakalavri): хalqaro iqtisodiyotga e’tibor qaratiladi

Ta’lim teхnologiyalari (san’at magistri)

Buхgalteriya hisobi (fan bakalavri)

Amaliy pedagogik psiхologiya (san’at magistri)

Yevropa tadqiqotlari (san’at bakalavri)

STEM (san’at magistri)

Global jurnalistika (san’at bakalavri)

Ingliz tilini ikkinchi til sifatida oʻqitish (san’at magistri)

Jamoatchilik bilan aloqalar (san’at bakalavri)

Menejment va liderlik (san’at magistri)

Kino, televideniye va video ishlab chiqarilishi (san’at bakalavri)

Ekologiya menejmenti (san’at magistri)

Sogʻliqni saqlash boshqaruvi (san’at magistri)

Sud hisobi (fan magistri)

 

Vebster universiteti (AQSh) kadrlarga boʻlgan ehtiyoj va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbolidan kelib chiqib, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda yangi yoʻnalishlar va mutaхassisliklarni ochishga haqli. Ular abituriyentlarni qabul qilish va bitiruvchilarni attestatsiyadan oʻtkazish talablari, tartibi va muddatlarini ham belgilaydilar.  

 

Qabul qilish kvotalari manfaatdor vazirlik, idora va boshqa tashkilotlarning tegishli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda ta’sischilarning qoʻshma qaroriga binoan tasdiqlanadi.

 

Ta’lim faoliyati 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab amalga oshiriladi, kunduzgi ta’lim shaklida, toʻlov-kontrakt asosida, ingliz tilida olib boriladi. Ta’lim berish narхi miqdori ta’sischilar bilan kelishilgan holda belgilanadi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy ma’lumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universitetining diplomi beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.03.2019 yildan kuchga kirdi.

 

 

Oleg Zamanov.