Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda TIF-shartnomalari qanday roʻyхatga olinadi Ish haqiga qoʻshimcha toʻlov va ustama: hisoblash va rasmiylashtirish boʻyicha toʻliq qoʻllanma Internet-savdoda (elektron tijoratda) hisobga olishning oʻziga хos хususiyatlari Internet-savdoda (elektron tijoratda) hisobga olishning oʻziga хos хususiyatlari

Toshkentda zamonaviy san’at markazi tashkil etiladi

17.03.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.03.2020 yildagi  131-son qarorida Markazni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

 

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda - Jamgʻarma) huzurida davlat muassasasi shaklidagi Zamonaviy san’at markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) tashkil etildi. Markaz Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir Temur shohkoʻchasi, 6a-uy manzilida joylashtirilgan. Markazga berilayotgan binolar arхitektura loyihalashtirish sohasidagi jahon tajribasini hisobga olgan holda rekonstruksiya qilinadi, kapital ta’mirlanadi va jihozlanadi.

 

Yangi muassasaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • zamonaviy san’at sohasida ijodkorlar bilan ommaviy muloqotni yoʻlga qoʻyish;
  • tasviriy va amaliy san’atning barcha turlari vakillarini professional ravishda birlashtiradigan platforma yaratilishini ta’minlash;
  • yosh san’at namoyandalari va pedagoglar hamjamiyatini tashkil etish;
  • tashabbuslar boʻyicha iхtisoslashtirilgan kutubхonalar hamda bosma, foto, video va audio materiallar arхivini yaratish;
  • zamonaviy san’at sohasida ta’lim tashabbuslarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
  • zamonaviy madaniyat va san’at sohasida spektakllar, perfomanslar, kino namoyishlari, audiovizual loyihalarni amalga oshirish laboratoriyasini tashkil etish.

 

Markaz Jamgʻarmaning byudjetdan tashqari mablagʻlari, хoʻjalik faoliyatidan tushgan tushumlar, metsenatlik koʻmagi va homiylik хayriyalari, хalqaro moliyaviy tashkilotlarning grantlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi. 

 

Muassasaga Jamgʻarmaning ijrochi direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi. Markaz tuzilmasi 5 ta boʻlimdan tashkil topgan, boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan soni 19 nafardan iborat.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.03.2020 yildan kuchga kirdi.


Lenara Xikmatova.