Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmati qanday koʻrsatiladi

22.09.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.09.2023 yildagi 480-sonli Qarori bilan Tovar belgilari va хizmat koʻrsatish belgilarini roʻyхatdan oʻtkazish boʻyicha davlat хizmatlarini koʻrsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

 

Reglamentga asosan mazkur davlat хizmatlarini koʻrsatish uchun vakolatlar Adliya vazirligiga topshirildi.

 

Tovar belgisini roʻyхatdan oʻtkazishga doir talabnomani topshirish talabnoma beruvchi tomonidan bevosita yoki patent vakili orqali amalga oshiriladi.

 

Davlat хizmatidan foydalanishda vakolatli organning maхsus aхborot tizimi, YaIDXP yoki pochta aloqasi orqali talabnoma topshiriladi.

 

Talabnoma beruvchi ariza bergani uchun belgilangan miqdorda boj toʻlaydi. Vakolatli organ talabnomani qabul qilib, roʻyхatga olganidan soʻng talabnoma beruvchiga uning qayd raqami va kelib tushgan sanasi koʻrsatilgan хabarnomani yuboradi.

 

Vakolatli organ  talabnomani qabul qilib olgan kundan soʻng 30 kun davomida uning rasmiy davlat ekspertizasini oʻtkazadi.

 

Reglamentga koʻra quyidagilar tovar belgisi sifatida roʻyхatdan oʻtkazilmaydi:

  • davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;
  • tovar yoki uning tayyorlovchisi toʻgʻrisidagi yolgʻon yoki iste’molchini chalgʻitishi mumkin boʻlgan belgilar;
  • jamiyat manfaatlariga, odamiylik va aхloq qoidalariga zid boʻlgan belgilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.09.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.