Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovarlarning 42 ta guruhi bojхona bojlaridan, 8 ta guruhi aksizdan ozod etildi

08.09.2017

 

Prezidentning 4.09.2017 yildagi PQ-3254-son “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Uning matni SPP “Qonunchilik” guruhi orqali tarqatildi.

 

Hujjat bilan shu yilning 10 sentyabridan tovarlarning ayrim toifalari boʻyicha yangi import bojхona bojlari va aksiz soligʻi stavkalari tasdiqlandi.

 

Xususan, tovar pozitsiyalarining 42 ta nomi boʻyicha “nol” bojхona boji stavkasi oʻrnatildi. Ya’ni mazkur mahsulotlar respublikaga olib kirishda bojхona boji toʻlashdan ozod etildi. Xuddi shunday tarzda tovar guruhlarining 8 ta turi aksiz soligʻi toʻlashdan ozod etildi.

 

Tegishli tuzatishlar:

  • Prezidentning 5.08.2009 yildagi PQ-1169-son “Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlartoʻgʻrisida”gi qaroriga 1-ilovaga;
  • Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlatbyudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga 13-2-ilovaga kiritildi.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 1 sentyabridan qator tovarlar import bojхona bojlari va aksiz soligʻidan ozod etilgandi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     

Oleg Zamanov,

nash ekspert.