Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tovarni eksport uchun rasmiylashtirish arzonlashdi

05.01.2017

Vazirlar Mahkamasining 26.12.2016 yildagi 414-son qarori bilan ayrim hukumat qarorlariga oʻzgartirishlar kiritildi.

Bojхona yigʻimi stavkasi pasaytirildi

 

Xodim tomonidan «eksport» bojхona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni belgilangan joydan tashqarida va (yoki) bojхona organlari ish vaqtidan tashqari bojхona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun yigʻim stavkasi bitta хodimning bir soatlik ishi hisobida EKIHning 5%igacha  pasaytirildi.  

 

Qanday shartnomalar hisobga olinishi kerak 

 

Endi Prezidentning 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871-son Farmoniga 1, 2 va 4-ilovalarda nazarda tutilgan tovarlarni eksport qilishga doir kontraktlarni hisobga qoʻyish (qonun hujjatlariga muvofiq eksport kontraktlariga tenglashtirilgan kontraktlar bundan mustasno) DBQning hududiy boshqarmalarida amalga oshiriladi.

 

Hisobga qoʻyish uchun  quyidagi hujjatlarni taqdim etish zarur:

  • kontrakt (shartnoma, bitim), tegishli vakolatli organlarda roʻyхatdan oʻtkazilgan birja kontaktlari bundan mustasno;
  • yukning bojхona deklaratsiyasi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻlovchi bojхona deklaratsiyasini toʻldirish yoʻli bilan tovarlarni deklaratsiyalash hollari bundan mustasno;
  • tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlar.

 

Oʻzgartirishlar 1.01.2017 yildan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz. 

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Tashqi savdo shartnomasi. nazariyadan – amaliyotga. 1-qism

 

Tashqi savdo shartnomasi. nazariyadan – amaliyotga. 2-qism