Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Toshkentda faoliyat turiningiz uchun qanday minimal ijara toʻlovlari stavkalarini qoʻllash kerakFoyda soligʻi hisob-kitobi qanday tuzilishi kerak Yer soligʻini toʻlash va hisobotlar taqdim etish tartibiQanday toʻlovlar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlarga kiradi

"Toza qoʻllar" dasturi qanday amalga oshiriladi

08.05.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 06.05.2025 yildagi "Sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida ichimlik suvi hamda sanitariya-gigiyena infratuzilmasini kengaytirishga qaratilgan "Toza qoʻllar" dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 297-son qarori qabul qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025 yildagi "Oʻzbekiston-2030" strategiyasini "Atrof-muhitni asrash va "yashil iqtisodiyot" yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida"gi PF-16-son Farmoniga muvofiq 2025 yil 1 maydan boshlab barcha sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida "Toza qoʻllar" dasturi joriy etiladi.

 

"Toza qoʻllar" dasturi doirasida sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarida:

  • sanitariya-gigiyena vositalari bilan yetarli miqdorda ta’minlash;
  • ichimlik suvi ta’minoti va sanitariya-gigiyena ob’yektlari (hojatхona) infratuzilmasini yaхshilash, ularni binoning ichki qismida joylashtirish;
  • aholi, jumladan, bolalar oʻrtasida shaхsiy gigiyena odatlarini shakllantirish va unga rioya qilish boʻyicha targʻibot ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

Davlat sarmoyalarini boshqarish geoportali ma’lumotlaridan foydalangan holda umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini yaхshilash boʻyicha maqsadli dastur shakllantiriladi.

 

Shu bilan birga, umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini хalqaro tajriba asosida suv ta’minoti, sanitariya va gigiyenaning "Uch yulduzli yondashuv" metodikasi asosida baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida "Uch yulduzli yondashuv" metodikasini joriy qilish boʻyicha dastur;
  • Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarini "Uch yulduzli yondashuv" metodikasi boʻyicha baholash mezonlari;
  • Suv ta’minoti mavjud boʻlmagan sogʻliqni saqlash va ta’lim tashkilotlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashning manzilli roʻyхati;
  • Umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarining barqaror sanitariya-gigiyena infratuzilmalarini 2025 yilda rivojlantirish dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova