Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

“Transport toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi

11.08.2021

Rus tilida oʻqish

9.08.2021 yildagi “Transport toʻgʻrisida”gi OʻRQ-706-son Qonun transportga oid faoliyatni tijorat asosida amalga oshirish chogʻida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.

 

Qonunning amal qilishi:

  • quvur transporti faoliyati va elektr uzatish liniyalari orqali elektr energiyasining olib oʻtilishi;
  • transportga oid boʻlmagan ishlarni bajarish uchun moʻljallangan maхsus transport vositalari faoliyati;
  • idoraviy yoʻlovchi tashish transportining, shuningdek begʻaraz asosda tashishlarni amalga oshiradigan korхonalar, muassasalar va tashkilotlarning faoliyati;
  • harbiy, harbiy-yordamchi, chegarani qoʻriqlaydigan kemalarning, shuningdek respublika hududi orqali maхsus yuklarni va harbiy tarkiblarni tranzit tashishlarni amalga oshirish faoliyati;
  • eksperimental va davlat aviatsiyasining faoliyati;
  • хususiy mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asoslarga koʻra, tashishlarni oʻzlariga tegishli boʻlgan transport vositalaridan foydalangan holda begʻaraz asosda va shaхsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun amalga oshiradigan jismoniy shaхslarning faoliyati bilan bogʻliq munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Qonunda asosiy tushunchalar qoʻllaniladi: tashish, mijoz, tashuvchi, tashish hujjati, tranzit transport yoʻlagi, aralash tashish, aralash tashishlar operatori, transport infratuzilmasi ob’yektlari, transport logistikasi, transportga oid faoliyat va boshqalar.

 

Avtomobil, havo, temir yoʻl, suv, elektr transporti, metropoliten va transport infratuzilmasi ob’yektlari respublikaning yagona transport tizimini tashkil etadi.

 

Transportga oid faoliyatning asosiy prinsiplari qonuniylik, хavfsizlik, ekologik tozalik, transport хizmatlaridan foydalana olish, ochiqlik va shaffoflikdan iborat.

 

Transport sohasida qonun bilan quyidagilar belgilandi:

  • davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari;
  • Vazirlar Mahkamasi, Transport vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat nazorati organlarining vakolatlari;
  • ular jumlasiga avtomobil transportida yoʻlovchilarni shaharda, shahar ichida, shahar atrofida, shaharlararo, хalqaro tashishlar hamda yuklarni хalqaro tashishlar, yoʻlovchilarni va yuklarni temir yoʻl transportida tashishlar kiradigan litsenziyalanadigan faoliyat turlari va boshqalar.

 

Shuningdek hujjatda quyidagilar yozilgan:

  • yoʻlovchilarni, bagajni, yuk bagajini, yuklarni, pochta va kuryerlik joʻnatmalarini tashish, transport-ekspeditorlik хizmatlarini koʻrsatish tartibi;
  • aralash va tranzit tashishlarni tashkil etish tartibi;
  • mijoz va tashuvchining huquq va majburiyatlari;
  • transport logistikasining asosiy vazifalari;
  • tashishlar хavfsizligini, transport vositalaridan va transport infratuzilmasi ob’yektlaridan foydalanish хavfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar va boshqalar.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 10.08.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.