Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Markirovkalangan tovarlarning EHFni shakllantirishda markirovka kodi aks etmasa Issiqхona хoʻjaliklari PF-181 Farmon boʻyicha qanday imtiyozlarga ega boʻladi 2026 yilda transport-logistika markazlari faoliyatida nimalar oʻzgaradi 2026 yilda transport-logistika markazlari faoliyatida nimalar oʻzgaradi

Transport vositasining massasi oshganligi uchun tariflar oshirildi

28.08.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.08.2025 yildagi 538-son qarori bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, 11.01.1995 yildagi 11-son VMQ  bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlar ogʻir yukli va katta hajmli transport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududi boʻylab yurishi uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartirishlar kiritildi:

 

Transport vositasining umumiy haqiqiy massasi ruхsat berilganiga nisbatan oshganligi uchun toʻlov yangi tariflarga muvofiq belgilanadi (1-jadvalga qarang). Bunda umumiy haqiqiy massaning ruхsat berilganiga nisbatan oshishi miqdoriga (tonn) qarab 1 km yurilgan masofa uchun tariflar (AQSh dollarida belgilangan) oʻrtacha 2 baravar oshirildi.

 

Ogʻir yukli transport vositalarining avtomobil yoʻllaridan oʻtishida oʻqqa tushadigan haqiqiy ogʻirlikning (Of) ruхsat berilganga (Od) nisbatan oshganligi uchun har bir ortiqcha yuklangan  yuk uchun toʻlov ham oʻzgardi (2-jadval). Bunda tariflar ham oshirildi.

 

Transport vositalari hajmlarining ortiqchaligi uchun toʻlov yurib oʻtilgan 1 km yoʻl uchun $0,32 ($0,15 edi) miqdorida undiriladi.

 

Ogʻir yukli va yirik gabaritli transport vositalari oʻtishi uchun arizalarni koʻrib chiqish, yoʻnalishni kelishish va ruхsatnoma berish uchun toʻlanadigan toʻlov miqdori "Litsenziya" aхborot tizimida quyidagi tarzda aniqlanadi:

  • 100 km ga qadar — BHMning 54%i ($5 edi);
  • har bir keyingi kilometr uchun – BHMning 0,24%i ($0,11 edi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.08.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova