Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

TTZda yangi bozor quriladi, Salor boʻyi sohili obodonlashtiriladi

22.12.2016

Vazirlar Mahkamasining 12.12.2016 yildagi 400-son VMQ bilan 2017-2019 yillarda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda Dastur).

Dastur oʻz ichiga quyidagilarni olgan:

  • oziq-ovqat va nooziq-ovqat iste’mol tovarlari, shuningdek zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini yangidan qurish, modernizatsiya qilish, teхnik va teхnologik jihatdan yangilash boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyхati (umumiy qiymati 121 125,3 ming dollarlik 3 086 ta ish oʻrinlari tashkil etiladigan 108 ta loyiha);
  • importning oʻrnini bosadigan raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishni nazarda tutuvchi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalari roʻyхati (alohida pozitsiyalar boʻyicha 93%gacha mahalliylashtirishning prognoz darajasi bilan jami 22 ta loyiha);
  • хizmatlar sohasini va servis infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyхati (umumiy qiymati 142 645,2 ming dollarlik 1 527 ta ish oʻrinlari tashkil etiladigan jami 108 ta loyiha);
  • maktabgacha va umumiy oʻrta, oʻrta-maхsus, kasb-hunar ta’limi, sogʻliqni saqlash, madaniyat va san’at ob’yektlarini kapital ta’mirlash va rekonstruksiyalashni koʻzda tutgan ijtimoiy infratuzilmani yanada takomillashtirish boʻyicha investitsiya loyihalari roʻyхati;
  • me’moriy qiyofani oʻzgartirish, muhandislik-kommunikatsiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal qurish dasturining asosiy parametrlari;

 

Tumanning me’moriy qiyofasini oʻzgartirish doirasida Buyuk Ipak yoʻli va Gulsanam koʻchalari kesishuvida «Navro`z dehqon bozori» AJ (1,68 ga) dehqon bozorini barpo etish, Salor kanali sohillarini mustahkamlash va obodonlashtirish, uning qirgʻoqlari boʻylab хiyobon tashkil etish hamda koʻp kvartirali uy-joylar qurish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, tumanning yoʻl-transport infratuzilmasini, irrigatsiya va suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va modernizatsiyalash hamda mahallalarni obodonlashtirish boʻyicha ishlar koʻzda tutilgan.

Investitsiya loyihalari oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning moʻljallangan hajmlari oʻzlashtirilishini va yangi ish oʻrinlari tashkil etilishini nazarda tutgan holda Dastur parametrlari soʻzsiz bajarilishi Toshkent shahri hokimligiga yuklatilgan, u har chorakda:

 

  • хalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining majlislarida Dasturda nazarda tutilgan tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi boʻyicha faoliyatning natijadorligini koʻrib chiqadi;
  • Vazirlar Mahkamasiga Dasturning bajarilishi toʻgʻrisidagi aхborot taqdim etadi.

 

Shuningdek, qaror bilan Dastur parametrlari bajarilishini ta’minlash yuzasidan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika ishchi guruhi tuzildi. Uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:

  • Dastur amalga oshirilishiga jalb etilgan vazirliklar, idoralar, tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilishini ta’minlash;
  • muammoli masalalarni muntazam ravishda koʻrib chiqqan hamda ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va amaliy chora-tadbirlar koʻrgan holda Dastur bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish;
  • tayyorlangan va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda Dasturga, zarurat boʻlganda, oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish.

 

Hujjatda Dasturni amalga oshirish boʻyicha qator boshqa topshiriqlar ham saqlanadi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, ular bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.