Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Mahsulot хavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun muhokama qilinmoqda: nimani bilish muhim Tovarlarga nisbatan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha bojхona organining dastlabki qarorini qanday olish mumkin Tovarlar importida QQS

Tuhmat va haqorat qilganlik uchun ozodlikdan mahrum etishmaydi

30.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

Jinoyat kodeksiga bir qator tuzatishlar kiritildi (25.06.2020 yildagi OʻRQ-658-son Qonunga qarang).

 

Avvalo, telekommunikatsiya yoki Internet tarmoqlarida tuhmat yoki haqorat qiluvchi materiallar joylashtirilganligi uchun ham JKning 139-moddasi 2-qismi va 140-moddasi 2-qismi boʻyicha javobgarlik belgilanadi.

 

Bunday jinoyatlarning alohida tarkibi uchun nazarda tutilgan javobgarlik choralariga ham oʻzgartirishlar kiritildi:

a) JKning 139-moddasi 2 va 3-qismlari, shuningdek JKning 140-moddasi 3-qismi sanksiyasidan ozodlikdan mahrum qilish koʻrinishidagi jazo chorasi chiqarib tashlandi. Ya’ni endi tuhmat va haqorat qilish holatlarida ushbu jazo umuman qoʻllanilmaydi;

b) JKning 139-moddasi 3-qismi sanksiyasiga ozodlikni cheklash (1 yildan 3 yilgacha, tahr. izohi) jazosining muqobili sifatida 300 BHMdan 500 BHMgacha jarima hamda 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari belgilangan jazo chorasi ham kiritildi.

Eslatib oʻtamiz, bunda quyidagi holatlar haqida soʻz yuritilmoqda:

  • ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish;
  • tuhmat ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda;
  • хavfli retsidivist tomonidan tuhmat qilish;
  • tuhmat gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa.

 

Ma’lumot uchun:

  • tuhmat qilish – bila turib boshqa shaхsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish;
  • haqorat qilish – shaхsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 26.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.