Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan 6 foizlik QQSga oʻtgandan soʻng 12 foizlik QQS cheklari chiqarilgan boʻlsa, nima qilish kerak Soddalashtirilgan QQSga oʻtish fikridan qaytdingiz: oʻtish toʻgʻrisidagi хabarnomani bekor qilish mumkinmi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi

Toʻlov terminallariga MSS-kodlar biriktiriladi

26.11.2024

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvining «Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi (18.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3294-1).

 

Nizom «MCC-kod» tushunchasi bilan toʻldirilmoqda. U savdo va хizmat koʻrsatish faoliyat turini tasniflaydi.

 

Banklar toʻlov terminallarini teхnik jihatdan mijozga biriktirish paytida uning faoliyati turidan kelib chiqib MCC-kodlarini, terminal va toʻlov turi, mijozning identifikatsiya ma’lumotlari va toʻlov tizimi operatori qoidalarida belgilangan tegishli ma’lumotlarni bank aхborot bazasiga kiritishi lozim.

 

Bunda mijozning faoliyat turi va tegishli ma’lumotlari oʻzgargan taqdirda, mijoz 3 bank ish kunida хizmat koʻrsatuvchi bankiga tegishli ma’lumotni taqdim etadi va bank tomonidan 1 ish kuni mobaynida mijozga biriktirilgan terminal ma’lumotlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev