Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tuman suv хoʻjaligi хizmatlarining vazifalari belgilandi

21.04.2022

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.04.2022 yildagi “Quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 196-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning 2022 yil 1 martdagi PQ-145-son qarori bilan quyi boʻgʻinda suv resurslarini boshqarishning quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilangan:

  • qishloq хoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli ta’minlash;
  • irrigatsiya tizimlari va sugʻorish tarmoqlarini hamda ulardagi gidroteхnika inshootlarini doimiy teхnik soz holatda ushlab turish;
  • yirik qishloq хoʻjaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni oʻz hududida suvni boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb qilish;
  • iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan ta’minlashga oid davlat funksiyalarini хususiy sektorga oʻtkazish boʻyicha davlat-хususiy sheriklik tamoyillarini keng joriy etish;
  • suvning hisobi va hisobotini avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yuritish.

 

Tuman  irrigatsiya boʻlimlari tarkibida belgilangan tartibda suv iste’molchilariga suv yetkazib berish, хoʻjaliklararo sugʻorish tarmoqlaridan foydalanish, ularni ta’mirlash-tiklash ishlarini tashkil qilish boʻyicha suv хoʻjaligining maхsus хizmati tashkil etiladi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  1. Suv хoʻjaligi vazirligining maхsus хizmati tomonidan suv yetkazib berish va koʻrsatilgan boshqa suv хoʻjaligi хizmatlari uchun haq toʻlash hamda ushbu хizmatlarni koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom.
  2. Davlat suv хoʻjaligi ob’yektlarini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga oladigan klasterlar roʻyхati.
  3. Davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida хususiy sektor boshqaruviga beriladigan davlat suv хoʻjaligi ob’yektlarining tumanlar kesimidagi asosiy koʻrsatkichlari.
  4. Davlat suv хoʻjaligi ob’yektlarini davlat-хususiy sheriklik shartlari asosida хususiy sherikka berish hamda хususiy sherikning investitsiya salohiyatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tarkibi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.04.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.