Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilarning tashish хarajatlari kompensatsiya qilinadi

23.12.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 21.12.2022 yildagi «Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Farmoni qabul qilindi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Prezidentning 28.01.2022 yildagi «2022–2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida»gi PF–60-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, mahalliy mahsulotlarning yangi istiqbolli bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

  • Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan eksport bilan bogʻliq kreditlarni oʻz vaqtida soʻndirib kelayotgan tadbirkorlik sub’yektlariga kreditning soʻndirilgan qismiga mutanosib ravishda qoʻshimcha kreditlar ajratishga ruхsat etiladi;
  • 2024 yil 1 yanvarga qadar Yevropa, Turkiya, Misr va Marokash davlatlariga gazlama, trikotaj mato mahsulotlarini eksport qilishda tashish хarajatlarining 70%ini kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.

 

Eksportni ragʻbatlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bogʻliq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun moliyaviy resurslar taqdim etish hamda eksport qilishda tashish хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish tartiblariga tegishli oʻzgartirish kiritiladi.

 

Lola Abduazimova.