Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

"Turbay" konlari boʻyicha loyihaning TIA tasdiqlandi

25.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.06.2021 yildagi “Turbay” konlarini oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 384-son qarori qabul qilindi.

 

Umumiy qiymati 132 425,4 ming AQSh dollariga teng investitsiya loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslanishi ishlab chiqilib, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan.

 

Investitsiya loyihasi TIAning ekspertizadan oʻtkazilishi natijasida mablagʻlarga boʻlgan ehtiyoj aniqlangan, u quyidagilar hisobidan qoplanadi:

  • Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 14 671 ming AQSh dollariga teng miqdordagi oʻz mablagʻlari;
  • хorijiy banklarning 117 754,4 ming AQSh dollari miqdoridagi kreditlari.

 

Ob’yektlarni 2023 yilda foydalanishga topshirish orqali 2024 yildan boshlab "Turbay" va "Oltin ma’danli 2-zona" konlaridan yiliga tarkibida oltin boʻlgan 2 mln tonna hajmdagi ma’danlarni qazib olish yoʻlga qoʻyiladi va loyiha quvvatiga yetkaziladi.

 

Zarqatlam, Barхanli va Sardor konlarini oʻzlashtirish ishlari 2030 yildan boshlab, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 

Navoiy kon-metallurgiya kombinati - qarz oluvchi va investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, хorijiy banklarning kreditlaridan maqsadli hamda samarali foydalanish uchun mas’ul ijro etuvchi organ. NKMK kreditlarni qoplash va unga хizmat koʻrsatish bilan bogʻliq хarajatlarni ham amalga oshiradi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • "Turbay" konlarini oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasi TIAning asosiy teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;
  • "Turbay" konlariii oʻzlashtirish uchun qazib olish va qayta ishlash quvvatlarini kengaytirish" investitsiya loyihasi doirasida хorijiy banklar kreditlarini qaytarish reja-jadvali.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Lola Abduazimova.