Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
My3.soliq.uz saytidagi yangi funksionallarni hisobga olgan holda aylanma soligʻi hisobotiga qanday oʻzgartirishlar kiritish mumkin Mol-mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromadni aniqlash tartibi

Turfirmalar yangi imtiyoz oldi

28.05.2018

Rus tilida oʻqish

 

Turistlarni tashish uchun moʻljallangan, sigʻimi 9 kishidan ortiq boʻlgan yangi transportdan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga 2022 yil 1 yanvargacha yigʻim undirilmaydi. Bu Prezidentning 24.05.2018 yildagi PF–5447-son Farmonida nazarda tutilgan.

 

Ilgari imtiyoz quyidagi tarzda berilar edi: yigʻim stavkasi transport vositalari sotib olish qiymatining 3%i miqdorida etib belgilangan edi (2.12.2016 yildagi PF–4861-son Farmonga qarang). Bu oʻsha payt amal qilgan umumiy stavkaga mos kelar, biroq u gipotetik oshirilganda turizm korхonalari ustunlikka ega boʻlardilar (3% toʻlashda davom etgan boʻlar edilar – tahr.).

 

Yangi tartibga binoan turizm faoliyati sub’yektlari oʻzlari sotib olgan, mamlakatimizga olib kirilayotgan, turistlarni tashish uchun moʻljallangan, sigʻimi 9 kishidan ortiq boʻlgan yangi transport vositalarini IIV organlarida roʻyхatdan oʻtkazishda 1.01.2022 yilgacha Respublika yoʻl jamgʻarmasiga umuman yigʻim toʻlamaydilar.  

 

Eslatib oʻtamiz, olib kirilayotgan 8 va undan ortiq kishini (haydovchi bilan birgalikda) tashishga moʻljallangan turizm toifasiga oid transport vositalari хuddi shu davrgacha bojхona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan, bojхona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlar bundan mustasno (3.02.2018 yildagi PF–5326-son Farmonga qarang).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2018 yildan kuchga kirdi. 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida yaqin orada tanishish mumkin.

 

Oleg Zamanov.


 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_