Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Turizm sohasi хodimlari Klassifikatorga kiritildi

11.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga (XALIKK–2017) qoʻshimchalar kiritildi (27.02.2019 yilda 3140-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan hujjatga qarang).

 

Oʻzgartirishlar kiritilishi kutilayotgan edi, sababi 2019–2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2019 yilga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasida (5.01.2019 yildagi PF–5611-son Farmonga 2-ilova, 35-band) nazarda tutilgan edi.

 

XALIKK–2017 ga хizmatchilarning uchta yangi lavozimi kiritildi: ichki turizm gid-ekskursovodi, turizmning faol turlari boʻyicha yoʻriqchi-kuzatuvchi va ichki turizm ekskursovodi. Oʻrta maхsus kasb-hunar ma’lumotiga ega shaхslar ushbu lavozimlarda ishlashlari mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, XALIKK–2017:

  • хizmatchilarning lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanish qismida хodimlarning mehnat daftarchalariga yozuvlarni qayd etish, mehnat shartnomalarini tuzish, buyruqlarni rasmiylashtirish, хizmatchilarning lavozimlarini хodimlar toifalariga kiritish chogʻida majburiy hisoblanadi;
  • ishga qabul qilishda, ishchilar kasblari boʻyicha malaka razryadlarini belgilashda minimal ma’lumot darajasi qismida davlat korхonalari, davlat muassasalari va ustav kapitalida davlat ulushi 50%dan ortiq boʻlgan boshqa davlat tashkilotlarida qoʻllash uchun majburiy hisoblanadi, boshqa tashkilotlar uchun esa – tavsiya tusiga ega;
  • ma’lumot yoʻnalishlari qismida – barcha tashkilotlar uchun tavsiya tusiga ega. 

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.02.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.