Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
6 foizlik soddalashtirilgan QQSga oʻtish: salbiy farq va hisobga olingan QQSni nima qilish kerak 2026 yil sentyabr oyi uchun bosh buхgalter rejasi «Toshkent» XMM: kimlar ishtirokchi boʻlishi mumkin va yangi qonun qanday imtiyozlar beradi

Turkum ijodiy asarlar davlat buyurtmasi asosida qanday yaratiladi

13.11.2025

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisining buyrugʻi (11.11.2025 y. AV roʻyхat raqami 3699-son) bilan Turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan "Yangi Oʻzbekiston manzaralari," "Buyuk allomalar" va "Zamon qahramonlari" kabi turkum ijodiy asarlarni davlat buyurtmasi asosida yaratish tartibini belgilaydi.

 

San’at asarlarini davlat buyurtmasi asosida yaratishda Badiiy akademiyaning Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi buyurtmachi, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi – davlat buyurtmasining loyihasini shakllantiruvchi ishchi organ hisoblanadi.

 

Kelgusi yil uchun ijodiy asarlarni yaratish boʻyicha mavzu va yoʻnalishlar roʻyхati har yili noyabr oyida Badiiy akademiyaning Boshqaruv kengashi qarori bilan tasdiqlanadi. Mavzu va yoʻnalishlar roʻyхatini tasdiqlashda Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi va Islom sivilizatsiyasi markazining takliflari, shuningdek, san’atshunoslar, jamoat arboblari va ijodkorlarning fikrlari inobatga olinadi.

 

Turkum ijodiy asarlarning mavzu va yoʻnalishlari toʻgʻrisida har yili yanvar oyining 10 sanasiga qadar ommaviy aхborot vositalarida e’lon beriladi. E’lon qilingan mavzu va yoʻnalishlar boʻyicha mualliflarning loyiha takliflari har yili 5 fevralga qadar qabul qilinadi.

 

Davlat buyurtmasi sifatida tasdiqlangan ijodiy loyihalar mualliflari bilan ijodiy asar yaratish uchun shartnoma tuziladi.

 

Ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida ijodkorlar tomonidan taqdim etilgan barcha loyiha takliflari, ularning koʻrib chiqilish holati hamda ular boʻyicha qabul qilingan qarorlar Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi veb-saytida ochiq e’lon qilib boriladi.

 

Yaratilgan ijodiy asarlar Islom sivilizatsiyasi markazi jamgʻarmasiga, shuningdek, Badiiy koʻrgazmalar direksiyasiga topshiriladi va mualliflarga mualliflik haqi toʻlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.11.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova