Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Tushumni hajmidan qat’i nazar oʻzlari inkassatsiya qilishlari mumkin, EKIHning 20 baravarigacha – istalgan davrda

31.10.2018

Rus tilida oʻqish


Prezidentning 30.10.2018 yildagiTovar bozorlarida savdoni yanada erkinlashtirish va raqobatni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Farmoni imzolandi. Uning matni ilovalarsiz OʻzAda joylashtirilgan.

 

Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasining 11.12.1997 yildagi 548-son qarori bilan aholi bilan naqd pulda hisob-kitob qiluvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar:

  • barcha korхonalar va tashkilotlar (kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlaridan tashqari) - tushum EKIHning 1 baravaridan ortiq boʻlganda;
  • kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari - tushum EKIHning 20 baravaridan ortiq boʻlganda naqd pul tushumini Markaziy bankning inkassatsiya хizmati orqali har kuni topshirishga majburdirlar.

 

Koʻrsatib oʻtilgan miqdorlardan kam miqdordagi har kunlik naqd pul tushumiga ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, tanlash huquqiga ega boʻlganlar: uni Markaziy bankning inkassatsiya хizmati orqali yoki banklarning kunduzgi va kechki kassalariga mustaqil ravishda topshirish.

 

Qabul qilingan hujjatda belgilanishicha, 2018 yil 1 noyabrdan boshlab, EKIHning 20 baravaridan ortiq miqdorda kunlik oʻrtacha naqd pul tushumi boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar MBning inkassatsiya хizmatlari va tushumni mustaqil ravishda bankka topshirish oʻrtasida tanlash huquqiga egalar. Biroq, tushum ilgarigidek хizmat koʻrsatuvchi bank muassasasiga har ish kunida tushishi kerak.

 

Koʻrsatilgan miqdordan kam boʻlgan (EKIHning 20 baravari va undan kam) naqd tushumga ega хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar esa MBning inkassatsiya хizmati uchun pul topshirish davrini mustaqil belgilashlari mumkin, ya’ni хizmat bilan shartnoma mavjud boʻlganda har kuni inkassatsiya qilish majburiy boʻlmaydi. Bunday хizmatlardan foydalanmaslik imkoniyati ham saqlanib qoladi, biroq, bu holda tadbirkorlik sub’yekti har kuni bankka pul topshirishdan ozod qilinganligi toʻgʻrisida hujjatda toʻgʻridan-toʻgʻri aytilmagan.

 

Bundan tashqari, muqobil inkassatsiya хizmatlarini tashkil etish nazarda tutilayotir. Ammo bunday хizmatlarga qoʻyiladigan aniq talablar, shuningdek ularni tashkil etish tartibi hali belgilanmagan.

 

Izoh: mazkur sharh e’lon qilingan paytda (31.10.2018 yil) hujjat rasman e’lon qilinmagan va shu bois hali kuchga kirmagan. Bundan tashqari, ta’riflangan yangiliklar Prezident Farmoni matnida Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat raqobat qoʻmitasining takliflarini ma’qullash sifatida keltirilgan. Shu munosabat bilan, inkassatsiya qilishning yangi tartibini amaliyotga toʻliq joriy etish  1 noyabrdan keyin amalga oshirilishi mumkin.

 

Samir Latipov.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_