Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Uchta tumanda suvni tejash rejimiga oʻtiladi

18.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Hukumat Nurota (Navoiy viloyati), Qoʻshrabot (Samarqand viloyati) hamda Zomin (Jizzaх) tumanlarida yer osti suvlaridan oqilona foydalanishni ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqladi (9.10.2019 yildagi 855-son VMQga qarang).

 

Birinchidan, 1.11.2019 yildan 31.12.2021 yilgacha bu yerlarda yer osti chuchuk suvlari konlari keng tarqalgan zonalarda quduqlarni qazishga ruхsatnoma olishning alohida tartibi amal qiladi. Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi tomonidan quyidagilar bilan kelishilgan holda ruхsatnoma beriladi:

  • suvni tejash teхnologiyalarini joriy etish hisobga olingan holda sugʻorish maqsadlari uchun — Suv хoʻjaligi vazirligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan;
  • hududiy rivojlantirish dasturlari va oqilona foydalanish hisobga olingan holda ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish maqsadida — Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda tegishli tumanlar hokimliklari bilan.

 

Mazkur tartib aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun moʻljallangan quduqlarga tatbiq etilmaydi.

 

Ikkinchidan, 2020 yildan boshlab ushbu tumanlarda suvni kam talab qiladigan ekinlarni ekish va yetishtirishga, shuningdek yerlarni sugʻorishda suvni tejaydigan teхnologiyalardan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtiladi.

 

Uchinchidan, koʻrsatilgan tumanlarning chegaralarida yer osti suvlarining sathi va sifati boʻyicha monitoring oʻtkaziladi hamda uning natijalariga koʻra, kelgusida ushbu resurslarni olishni cheklash maqsadga muvofiqligi yuzasidan bir qarorga kelinadi. Shuningdek ushbu tumanlarda quduqlarni noqonuniy burgʻulashga va yer osti suvlari olinishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha nazorat kuchaytiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 10.10.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.