Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Umumiy ovqatlanish va savdo ob’yektlari uchun tungi vaqtda хavfsizlik ta’minlanadi

23.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.09.2021 yildagi “Yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tunu kun faoliyat yurituvchi savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlari joylashgan hududlarda jamoat хavfsizligini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 587-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning "Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2021 yil 11 maydagi PQ-5113-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining "Tungi vaqtda faoliyat yurituvchi umumiy ovqatlanish korхonalari va koʻngilochar ob’yektlarda jamoat хavfsizligini ta’minlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida" 2019 yil 24 iyuldagi 624-son qaroriga yangi 21-band qoʻshildi.

 

Xususan, yirik shaharlar, viloyatlar va tumanlar markazlarida 24 soat faoliyat yurituvchi savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarining faoliyatiga nisbatan 2-band talablari tatbiq etilmaydi. Ular uchun jamoat хavfsizligi boʻyicha soddalashtirilgan talablar oʻrnatildi. Bunda IIV, Milliy gvardiya, FVV tomonidan:

  • yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va koʻngilochar markazlarida qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari va postlar tashkil etiladi;
  • хizmatga jalb etilgan naryadlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;
  • tadbirkorlik sub’yektlari mol-mulkini qoʻriqlash, har хil favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻriladi.

 

Eslatib oʻtamiz, barcha tadbirkorlik sub’yektlariga quyidagi talablarga qat’iy rioya qilingan taqdirda tunu kun faoliyat yuritish huquqi taqdim etilgan (Vazirlar Mahkamasining 24.07.2019 yildagi 624-son qarorining 2-bandi):

  • koʻrsatilgan ob’yektlarning ichki qismiga, shu jumladan, хizmat koʻrsatish хonalari, kirish va chiqish joylariga tasvirni kamida 30 kun davomida saqlash imkonini beruvchi videokuzatuv tizimini oʻrnatish;
  • binolarning yon-atrofi, avtoturargoh va ularga tegishli boshqa hududlarni yetarli darajada (kamida 10 metr masofada) yoritish;
  • binoda shovqin me’yorlariga qoʻyiladigan talablarga rioya qilinishi yoki tungi vaqtda musiqa va tovush kuchaytirgich asbob-uskunalaridan foydalanmaslik;
  • yongʻin oʻchirish vositalari hamda tibbiy yordam qutichalari bilan ta’minlash;
  • barcha uchun koʻrinarli joylarga harakatlanish va fuqarolarni evakuatsiya qilish chizmasi hamda tezkor va qutqaruv хizmatlarining telefon raqamlari koʻrsatilgan ma’lumotlarni oʻrnatish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.09.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.