Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Umumta’lim fanlaridan test sinovlarini oʻtkazish tartibi belgilandi

17.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 10.01.2024 yildagi 17-sonli «Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga raqamli хizmatlardan foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.

 

Ma’lumot uchun: 2020 yil 1 dekabrdan boshlab bakalavriat yoʻnalishlariga mos keladigan fanlar toʻplamining umumta’lim fanlari boʻyicha bilim darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan.

 

Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

 

Umumta’lim fanini bilish darajasi toʻgʻrisidagi QR kod qoʻyilgan sertifikat test natijalari e’lon qilingan sanadan boshlab bir kunlik muddat ichida yuboriladi.

 

A+, A, B+, V, C+, C darajadagi sertifikatlar beriladi.

 

Test natijalari хalqaro metodika – Rash modeli asosida хisoblanadi.

 

Unga koʻra:

  • 70 balldan yukori ball olgan talabgorga A+ daraja;
  • 65-69,9 ball olgan talabgorga A daraja;
  • 60-64,9 ball olgan talabgorga V+ daraja;
  • 55-59,9 ball olgan talabgorga V daraja;
  • 50-54,9 ball olgan talabgorga S+ daraja;
  • 46-49,9 ball olgan talabgorga S darajali sertifikat beriladi.

 

Sertifikat 3 yil muddatga beriladi. Bunda:

  • A+ va A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasi bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi, boshqa darajadagi sertifikat olgan abituriyentlarga ballar
  • maksimal ballga nisbatan proporsional hisoblanadi.

 

Milliy sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga eng yuqori ball beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev