Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Undiruvni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari oʻzgarmadi

09.01.2018

 

Prezidentning 29.12.2017 yildagi PQ-3454-son qarori bilan undiruvni soliq toʻlovchilar mol-mulkiga qaratish uchun soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari belgilandi.

 

2017 yil bilan solishtirganda soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari oʻzgarishsiz qoldirildi. Avvalgidek ular EKIHga nisbatan karrali ravishda belgilandi:

  • Soliq kodeksiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash zimmasiga yuklatilgan yuridik shaхslar va ularning alohida boʻlinmalari uchun  – EKIHning 20 baravari;
  • jismoniy shaхslar uchun – EKIHning 5 baravari.

 

Bunda soliq boʻyicha qarzlarning eng kam miqdorlari 2018 yil 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIHdan (172 240 soʻm) kelib chiqib belgilanadi hamda yil davomida u oʻzgarganda qayta koʻrib chiqilmaydi.

 

Eslatib oʻtamiz, undiruvni soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratish soliq boʻyicha qarzlar summasi qonunchilik bilan belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlib, biroq toʻlov muddati tugagandan keyin bir yil mobaynida soʻndirilmagan holatlarda ham qoʻllaniladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 


 Irina Aхmetova.