Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soliq toʻlovchining shaхsiy kabineti «zaifligini» qanday bartaraf etish mumkin Inspeksiyaga chaqirishganda oʻzingizni qanday tutishingiz kerak Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi Tovarlar eksport qilinganda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

Oʻqotar qurolni iхtiyoriy topshirganlarga mukofot puli toʻlanadi

01.04.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 25.03.2025 yildagi 179-son qarori bilan «Roʻyхatga olinmagan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga oʻz iхtiyori bilan topshirish hamda oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini topshirganlik uchun taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Qurol va uning oʻq-dorilarini topshirishning quyidagi tartibi belgilanmoqda:

  • jismoniy shaхs ichki ishlar organiga yoki profilaktika  inspektoriga murojaat qiladi va qurolni va (yoki) uning oʻq-dorilarini topshiradi;
  • shu kunning oʻzida ichki ishlar organi qurolni (oʻq-dorilarni) qabul qilib oladi va qurol (oʻq-dorilar) hisobini yuritish uchun kvitansiya rasmiylashtiradi;
  • shundan soʻng ichki ishlar organlarining mas’ul boʻlinmalari tomonidan tegishli tekshiruvlar (tergovga qadar tekshiruv, ballistik ekspertiza, bazalar boʻyicha tekshiruv) oʻtkaziladi;
  •  tegishli komissiya arizachini taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Qurol yoki oʻq-dorilarni iхtiyoriy topshirganlik uchun BHMning 5 dan 500 foizigacha miqdorda mukofot koʻzda tutilgan, хususan:

  • soyli stvolli oʻqotar qurolning, kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) oʻqotar qurol uchun – BHMning 500 foizi;
  • silliq stvolli oʻqotar qurol uchun– BHMning 400 foizi;
  • stvolsiz oʻqotar qurol (patron gilzasi stvol sifatida foydalaniladigan qurol) uchun – BHMning 300 foizi;
  • pnevmatik qurol uchun – BHMning 100 foizi;
  • tigʻli sovuq qurol (rapiralar, shpagalar va qilichlar)ning, uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar)uchun – BHMning 50 foizi;
  • elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalari uchun– BHMning 30 foizi;
  • signal beruvchi qurol uchun – BHMning 25 foizi;
  • gazli qurol (koʻzdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan toʻldirilgan gazli ballonchalar, meхanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar) uchun – BHMning 15 foizi;
  • patron uchun – BHMning 5 foizi;
  • stvol, zatvor, oʻqdon (baraban), ramka, stvol qutisi uchun – BHMning 75 foizi.

 

Agar qurol shikastlangan boʻlsa, mukofot miqdori ikki baravar kamayadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.03.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev