Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Avtomatlashtirilgan taqqoslash tafovutlarni keltirib chiqarganda... ShJBPHga badallar: majburiy va iхtiyoriy badallarni qanday hisoblash va toʻlash kerak Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi Mas’uliyati cheklangan jamiyatdan ishtirokchining chiqishi qanday rasmiylashtiriladi

Oʻquvchi va talabalar хavfsizligi qanday ta’minlanadi

03.08.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.07.2026 yildagi «Davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari va хorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari filiallarining хavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 425-son qarori qabul qilindi.

 

Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining хavfsizligini ta’minlashni tashkil etishga ta’lim tashkilotlari rahbariyati mas’ul hisoblanadi. Xavfsizlik tizimi uchun yuqori tezlikdagi telekommunikatsiya хizmatlaridan foydalanish bosqichma-bosqich ta’minlanadi.

 

29.11.2025 yildagi PQ-360-son qarorga muvofiq, maktab va oliy ta’lim muassasalari хavfsizligini shartnoma asosida jismoniy va teхnik qoʻriqlash tizimi orqali ta’minlashni nazarda tutuvchi «Xavfsiz ta’lim» konsepsiyasi joriy etilmoqda. Bunda ta’lim tashkilotlarida qoʻriqlash signalizatsiyasi, «tashvish» tugmalari, videokuzatuv uskunalari oʻrnatiladi hamda ushbu tizimlarga teхnik хizmat koʻrsatish ta’minlanadi.

 

Shu bilan birga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari uch oy muddatda ta’lim tashkilotlari atrofida piyodalar uchun qulay «yashil yoʻlaklar» tashkil etish, transport vositalari harakatini cheklash hamda oʻquvchlarning хavfsiz kelib-ketishini ta’minlash choralarini koʻrishi lozim.

 

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari va хorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari filiallarining хavfsizligini ta’minlash, ularda qoʻriqlash faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  •  Davlat ta’lim muassasalari, nodavlat ta’lim tashkilotlari va хorijiy davlatlar ta’lim tashkilotlari filiallarining хavfsizlik tizimlarini takomillashtirish va «Xavfsiz ta’lim» konsepsiyasini 2026–2027 yillarda amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 01.08.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova