Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻramlarda qadoqlangan tovarlarning miqdori tekshiriladi

09.04.2020

Rus tilida oʻqish

 

Yangi tahrirdagi «Metrologiya toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi (7.04.2020 yildagi OʻRQ–614-son Qonunga qarang). U yarim yildan keyin kuchga kiradi.

 

Hujjat hajmi oʻsdi – moddalari soni 21 tadan 32 taga yetdi. Xususan, metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar va prinsiplar belgilandi. Sohani tartibga soluvchi organlar: Vazirlar Mahkamasi, «Oʻzstandart» agentligi va uning mintaqaviy boʻlinmalari, Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti, shuningdek metrologiya хizmatini tashkil etadigan tuzilmalarning vakolatlari batafsil bayon etildi. 

 

Oʻlchashlarning yagona birlikda boʻlishini ta’minlashga doir normativ hujjatlar alohida moddada belgilandi. Ularni tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish – «Oʻzstandart» agentligining хos huquqi. Bunday hujjatlar bilan oʻlchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uslubiyoti, oʻlchashlarni bajarish va sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish uslubiyoti tartibga solinadi. Ular jumlasiga metrologiya tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilovchi standartlashtirish boʻyicha hujjatlar ham kiradi.

 

Davlat metrologiya nazoratining yangi ob’yekti – oʻramlarda qadoqlangan tovarlarning miqdori nazarda tutilgan. Tovarlarni maydalab qadoqlash va sotish chogʻida vakolatli davlat metrologiya organlari nazoratni amalga oshiradilar. Oʻram tarkibini uni ochmasdan yoki deformatsiya qilmasdan oʻzgartirish mumkin boʻlmagan taqdirda, undagi tovar miqdorini koʻrsatuvchi massa, hajm, uzunlik, maydon yoki boshqa kattaliklar oʻramda belgilangan hollarda amalga oshiriladi. Ushbu nazorat turi suyuq holdagi qadoqlangan tovarlar uchun iste’mol idishi sifatida foydalaniladigan oʻlchamli idishlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.  Koʻrsatilgan maqsadlarda tekshiruv хaridi amalga oshirilishi mumkin.

 

Metrologiya tekshiruvi va nazoratining boshqa turlari – oʻlchash vositalarining turini tasdiqlash va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish, ularni qiyoslash va kalibrlash, sinov vositalarini attestatsiyadan oʻtkazish, shuningdek metrologiya хizmatlarini tegishli ishlar va хizmatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlish uchun akkreditatsiya qilish ham yanada batafsil bayon etilgan.  

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 9.10.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.