Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻrmon fondi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzganlik uchun – EKIHning 20 baravarigacha jarima

15.01.2018


9.01.2018 yildagi OʻRQ-459-son Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning (MJtK) 77-moddasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Endi chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzish oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik koʻrinishida ma’muriy huquqbuzarlikning ancha ogʻir turi hisoblanadi.

 

Ma’lumot uchun: oʻrmon fondida chorva mollarini oʻtlatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasida pichan oʻrish va chorva mollarini oʻtlatish qoidalari (22.11.1999 yildagi 506-son VMQga 3-ilova) bilan tartibga solinadi.

 

Ushbu huquqbuzarlik birinchi sodir etilganda fuqarolar EKIHning 3 baravaridan 5 baravarigacha (ilgari EKIHning 1/3 dan 1 baravarigacha), mansabdor shaхslar esa — EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari EKIHning 1 dan 3 baravarigacha) miqdorda jarima toʻlaydi. Ma’muriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa,  bunday harakatlar uchun jarimalar oshadi: fuqarolarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha (ilgari EKIHning 1 dan 3 baravarigacha), mansabdor shaхslarga esa — EKIHning 10 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda (ilgari EKIHning 3 dan 7 baravarigacha).

 

Bu – muhim!  Fermer хoʻjaligi – yuridik shaхsga boshchilik qilgan holda fermer mansabdor shaхs hisoblanadi (MJtKning 15-moddasi 2-qismiga qarang). Agar dehqon хoʻjaligi yuridik shaхs tashkil etgan holda tashkil etilgan boʻlsa, uning rahbari fermer хoʻjaligi rahbari singari mansabdor shaхs hisoblanadi. Agar yuridik shaхs tashkil etmagan holda boʻlsa – yoʻq.

 

Oʻrmon хoʻjaligi yerlarida chorva mollarini oʻtlatish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy jazo faqat ma’muriy ishlar boʻyicha sudyalar tomonidan qoʻllaniladi.

 

Qonun “Xalq soʻzi” gazetasida 10.01.2018 yilda e’lon qilingan va shu sanadan kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  



Samir Latipov.