Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi

Urugʻchilik: sohani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha navbatdagi choralar

02.02.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 28.01.2022 yildagi “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-106-son qarori qabul qilindi.

 

Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markaziga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, gʻoʻza, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlarini ularning turlari hamda navlari boʻyicha joylashtirish;
  • urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi qishloq xoʻjaligi sub’yektlarining “Yagona elektron tizimi”ni yaratish;
  • urugʻlik yetishtiruvchi sub’yektlarda vegetatsiya davrida paxta va boshoqli don maydonlarida kamida uch marta, boshqa urugʻchilik maydonlarida kamida ikki marta, urugʻliklarni saqlash va qayta ishlash jarayonlarida doimiy monitoring yuritish;
  • qishloq xoʻjaligi ekinlari turi va navidan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ekish, parvarishlash va hosilni yigʻib olish boʻyicha tavsiya, qoʻllanma, me’yoriy hujjatlar tayyorlash va urugʻchilik sub’yektlariga yetkazib berish;
  • urugʻchilik sub’yektlarida yetishtirilgan paxta, boshoqli don, sabzavot, poliz, moyli, dukkakli va ozuqa ekinlari urugʻliklarini xalqaro standartlarga mos ravishda tayyorlash va qadoqlash hamda ichki va tashqi bozorga "Uzbek seeds" milliy brendi asosida sotishni tashkil etish.

 

Urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashgan hududlardagi qishloq xoʻjaligi sub’yektlarining “Yagona elektron tizimi”da sub’yekt nomi, ekin turi, navi va avlodi, urugʻlik maydoniga berilgan mineral oʻgʻitlar turi va miqdori, ishlatilgan kimyoviy vositalar nomi va me’yori, aprobatsiya komissiyasining navdorlik boʻyicha xulosasi, yetishtirilgan hosil toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni aks ettiriladi.

 

"Oʻzdonmahsulot" AK tizimidagi korxonalarga 20 ta urugʻlik don tayyorlash sexlari ushbu korxonalarning soliq va jamgʻarma oldidagi qarzdorligini ob’yektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Markazga oʻtkazildi.

 

Bundan tashqari, "Oʻzpaxtasanoat" AJ tizimidagi 11 ta urugʻlik chigit tayyorlash sexlari ularning Davlat byudjeti oldidagi qarzdorligini ob’yektning baholangan qiymati miqdoriga kamaytirish hisobiga Markazga beriladi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab hududlarni yuqori avlodli urugʻliklar yetishtirishga ixtisoslashtirish tizimi joriy etiladi. Bunda tuproq unumdorligi yuqori, suv ta’minoti yaxshi boʻlgan 200 ming gektar sugʻoriladigan yerlar qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻliklarini yetishtirishga ixtisoslashtiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.01.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.